s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 581

Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi yetakchi xorijiy OTMlarda o'qitiladi

✅ Qarorga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan:

 

➖tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o'qitiladi;

 

➖tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida ko'p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to'lanadigan internatura tashkil etiladi;

 

➖Toshkent tibbiyot akademiyasining ta'lim dasturlari xalqaro akkreditasiyadan o'tkaziladi;

 

➖tibbiyot yo'nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

 

Quyidagi magistrlik yo'nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko'riladi:

 

“Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);

“Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma'lumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);

“Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);

“Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);

“Jismoniy faollik va reabilitasiya” (Physical Activity and Rehabilitation).

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид