s
USD: Rub: Eur:
2024-06-28 517

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi

Farmonga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasida qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:

2024-yil 1-iyuldan:

Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko'ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;

avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan (davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo'li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo'lgan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan ko'chirma berish bepul amalga oshiriladi;

noturar joylarni boshqa shaxsga o'tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o'zida davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

 2024-yil yakuniga qadar:

davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;

Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o'tish bepul asosda amalga oshiriladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид