s
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 31-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomasida ko`rsatilgandek :
Yolg‘iz onadan tug‘ilgan bolaning tug‘ilishini qayd etishda yolg‘iz (qonuniy nikohda bo‘lmagan) ona tomonidan FHDY organiga onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi yozma ariza taqdim etiladi.
Agar tug‘ilgan bolaning onasi voyaga yetmagan bo‘lsa, tug‘ilishni qayd etish bolaning tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnoma hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan onaning yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qayd etiladi. Bunda bolani tuqqan onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan birga yashash va o‘qish joyidan rasmi yelimlangan holdagi ma’lumotnomalar taqdim etilishi lozim.
Yolg‘iz onaning arizasida ona va otaning familiyasi bir xilda — onaning familiyasi bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim.
Bolaning familiyasi esa onaning familiyasi yoki milliy an’analarga ko‘ra ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha berilishi mumkinligi ko`rsatilgan.
Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvini qayd etishda yolg‘iz ona shaxsan ishtirok etolmagan taqdirda onaning arizadagi imzosi tibbiyot muassasasi yoki jazoni ijro etish muassasasi mansabdor shaxsining imzosi va ushbu muassasaning gerbli muhri bilan yoxud notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi shartligi belgilangan.
Yolg‘iz onaga farzandining tug‘ilganligi haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi to‘g‘risida mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma berilishi belgilangan.
Tuproqqa’a tuman adliya
bo`limi FHDY bo`limi insprektori Xasanova Charos