s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 741

Xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘laydi.

Mehnat kodeksning 173-moddasiga asosan quyidagi asoslar bilan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchi unga ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lagsha majbur:

 Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda. Bundan shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilinganligi mustasno.

 Xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

 Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

 Tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

 Ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

 Qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

 Xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda

 Xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

 Xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joydagi ishga ko‘chishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti       J.Jumaboyev

Мавзуга оид