s
USD: Rub: Eur:
2024-08-15 469

PREZIDENT TOMONIDAN “O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARIGA HAMDA ULARDA QURILGAN BINOLAR VA INSHOOTLARGA BO‘LGAN HUQUQLARNI EʼTIROF ETISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IMZOLANDI

Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:

-2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

-2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

-“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

-2021-yil 8-iyunga qadar (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

-bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

-kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

-davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

-hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

 Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

-yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

-yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

-yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

-muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;

-bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);

-har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).

Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

 

Rasulbek Ibragimov

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

Bosh maslahatchisi

Мавзуга оид