s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 116

Hukumat qarori (601-son, 15.11.2023 y.) bilan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga imtiyoz qo'llash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

 Reglamentga ko'ra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun o'z xohishiga ko'ra YAIDXP (my.gov.uz) orqali ro'yxatdan o'tadi.

 So'rovnoma to'ldirilib, unga tegishli zarur hujjatlar ilova qilinadi. 

So'rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

 So'rovnomani ko'rib chiqqanlik uchun to'lov undirilmaydi.

 Soliq organlari so'rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig'i bo'yicha imtiyoz qo'llanilgan yoki qo'llanilmaganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo'yilgan xabarnomani YAIDXP orqali yuboradi.

 Daromad solig'i bo'yicha imtiyoz qo'llanilganligi to'g'risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G'aznachilik xizmati qo'mitasi to'lovlarni amalga oshiradi.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti   Sh.Po’latov

Мавзуга оид