s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 671

Hodimlarni ishdan bo’shatish asoslari

Amaldagi Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan bo‘shatishning asoslari keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat;

 

xodim va ish beruvchi kelishuvi bo‘yicha;

 

mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan bo‘shash;

 

xodim o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashi;

 

 ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan bo‘shatish;

 

 tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;

 

xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;

 

 xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi;

 

 tibbiy xulosaga ko‘ra xodim sog‘lig‘iga to‘g‘ri keladigan boshqa ishga o‘tishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish bo‘lmagan taqdirda;

 

 xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha;

 

yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish bo‘yicha;

 

alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan bo‘shatish asoslari mustahkamlangan asoslar bo‘yicha.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev

 

 

 

Мавзуга оид