s
USD: Rub: Eur:
2023-09-29 819

Ayollar daftariga kiritilganlarga ko’rsatiladigan yordam turlari

Hukumatning 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

1) ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini ta’minlash;

2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

3) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini ta’mirlash;

4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar ko‘rsatish;

5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensatsiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash;

6) qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish.

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

Мавзуга оид