s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 748

Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilangan

Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023 yil kungi 426-son qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan

 

 Nizomga ko‘ra, manfaatdor shaxs bu masalada Davlat kadastrlari palatasi mas’ul xodimlarining harakatlari  yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

 

Qolaversa nizomda yuqoridagi komissiya tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi xamda norozi tarafning apellyatsiya berish jarayonigacha bo‘lgan holatlar belgilangan.

 

Manfaatdor shaxslar bu tartib bo‘yicha Komissiya va Apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda bevosita sudga shikoyat qilish huquqidan foydalanishlari mumkin.

 

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид