s
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 309¹-moddasiga muvofiq, ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmasdan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz 15 kunlik muddat ichida jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi. Bunda huquqbuzarlikni takroriyligi inobatga olinmaydi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun muddatda buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.
Bundan kelib chiqib, radardan kelgan xat, fuqaro radarga tushgan kundan boshlab 18 kun ichida fuqaroga topshirilishi kerak.
Asos: Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida" nizomi 37-bandi.
Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi" yo'riqnoma 32-bandi
Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Abdusheripov