s
USD: Rub: Eur:
2023-12-29 823

Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so’mgacha oshiriladi

 Qonunchilikka ko’ra, quyidagilar:

 

▪️mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so’mdan 100 mln so’mgacha oshiriladi;

 

▪️nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;

 

▪️mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablag’larini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko’rsatishga ruxsat beriladi;

 

▪️jismoniy shaxs bo’lgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablag’larini jalb etishga ruxsat beriladi;

 

▪️mikromoliya tashkilotlari tegishli lisenziya olgan holda to’lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi;

 

▪️jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi.

 

Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo’lganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi;

 

▪️mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi;

 

▪️tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning ko’rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari bo’yicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/6448)

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид