s
USD: Rub: Eur:
2023-09-29 324

«Zavuch» o‘ziga 10 soat dars olib, qolganini o‘qituvchilarga taqsimlamoqchi. Bu noto‘g‘ri emasmi?

Bu holatda dars taqsimoti “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 3271) 15-bandiga asosan amalga oshiriladi.

 

Nizomning 15-bandidagi ko‘satkichlarga muvofiq dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchining erishgan yutuqlari (bunda o‘quvchilarining olimpiadalarda olgan o‘rinlari, chet tili bo‘yicha olingan sertifikatlar, ko‘rik tanlovlarda ishtiroki va boshqalar) hamda malaka toifasi, ma’lumoti kabilar inobatga olinishi lozim.

 

Ketma-ketlikning eng oxirida oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga dars berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, yuqoridagi nizomning 16-bandida ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etilishi aytilmoqda.

 

Dars soatlari maktabda shu fan bo‘yicha mavjud dars soatlariga, shu fandan dars beruvchi o‘qituvchilar soniga, ularning ko‘rsatkichlariga qarash lozim. Xulosa qiladigan bo‘lsak, dars taqsimoti amalda ishlayotgan o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro taqsimot qilinishi kerak va ortib qolgan dars vakant sifatida ko‘rsatiladi.

 

Oliy ma’lumotli talabgor kelguniga qadar esa rahbar xodimlar vaqtincha ishlab turishi mumkin, ularga bu dars doimiy o‘quv yili mobaynida biriktirib qo‘yilmaydi. Qachon oliy ma’lumotli talabgor kelsa, ulardan bu darslar olinib, yangi talabgor ishga qabul qilinishi kerak bo‘ladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori 3-ilovasi 20-bandidagi “O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘qituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari sifatida qayd etilmaydi” deyilgan norma rahbarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

 

Bu soatlar vakant sifatida ko‘rsatilmasa, hududiy bandlik organlari ish beruvchini ish o‘rinlarini yashirganlikda baholab, MjtK ni 229-moddasiga asosan ma’muriy jarimaga tortishi mumkin.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish

 markazi boshlig’i  U.Navruzov

 

Мавзуга оид