Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 23-bandiga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
-  ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka solganda;
 
- giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
 
-  jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
 
-  sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari);
 
-  hibsda bo‘lgan davrda;
 
-  sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish davrida.
 
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                 M.Qo’ziboyev.