s
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-oktabrdagi 535-sonli qarori bilan “Metropolitenda yo'lovchilar hamda boshqa shaxslarning bo'lishi qoidalari” tasdiqlandi
Unga ko'ra, Metropolitenda yo'lovchining bo'lishi va uning yukini tashish shartnomasi tuzilganligi yo'l chiptasi orqali yoki imtiyozga hamda bepul yurish huquqiga ega bo'lgan shaxslarning tegishli hujjatini ko'rsatishi bilan tasdiqlanadi.
Yo'lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan yuklarini ko'zdan kechirish uchun taqdim etadi.
Bunda qidiruvdagi shaxslar deb gumon qilingan yoki ko'zdan kechirish jarayonida o'zini shubhali tutayotgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy ko'zdan kechirilishi mumkin.
Yo'lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan ko'zdan kechirishdan o'tishni rad etgan taqdirda, metropolitenga kiritilmaydi.
Metropoliten infratuzilmasi obyektlari va xavfsizlik hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
Metropolitenda quyidagilarga ruxsat etilmaydi, jumladan:
▪️spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini iste'mol qilish yoki mast holda kirish;
▪️qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish;
▪️metropoliten hududida oyoq kiyimsiz va kiyimsiz holda bo'lish;
▪️bekatga yo'lovchilarning kiyimi, metropoliten vagonlari, inshootlari va qurilmalarini kir qilishi mumkin bo'lgan yuklar va buyumlar, shuningdek, velosiped (yig'iladigandan tashqari), moped, skuter va boshqa harakatlanish vositalari bilan kirish;
▪️bekat hududida, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish, har xil turdagi sport to'plarini o'ynash.
Yo'lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega, jumladan:
Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi