s
USD: Rub: Eur:
2024-03-18 565

Xotin-qizlar uchun yaratilgan muhim qoidalar.

    Bugunki kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga ulkan imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shuningdek, xotin-qizlarni, ijtimoiy-siyosiy faoligini oshirish, ularni qo‘llab quvvatlashga doir juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarni ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularni qobiliyatini to‘g‘ri shakillantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shuningdek, hozirda “Ayollar daftari” tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Unga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berib kelinmoqda. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar qilinmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada barcha uchun teng huquqli va sifatli taʼlimni taʼminlash, qishloq joylarida qizlarning oliy maʼlumotga ega boʻlishi, zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik, odam savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan. Umuman olganda soʻnggi yillarda ayollarning taʼlim olishi uchun keng imkoniyat yaratish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Bizning mamlakatimiz O‘zbekiston Respublikasining asosiy qomusi hisoblanmish Konstitutsiyamizda ham belgilab o‘tilgan. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-moddasida ham keltirib o‘tilgan.

Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar uchun yana bir imkoniyat yaratildi ya’ni magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi. Ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan talaba qizlarning taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlanadi hamda taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilindi. 

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi. Shu orqali biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, bir haftalik o‘quv kurslarida o‘qitish, biznes rejalarni shu yerning o‘zida ishlab chiqish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, yangidan qabul qilingan Konstitutsiyamizning 42-moddasi 3-qismida “Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi” deb belgilandi. Qolaversa, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda ham xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bilan bog‘liq normalar o‘z aksini topgan.

 

Xonqa tuman FXDYO bo’limi mudiri Sh.Bekmetova

Мавзуга оид