s
USD: Rub: Eur:
2023-12-17 789

HODIMLARNI MAJBURIY MEHNATGA MAJBURLAGAN MANSABDORGA QANDAY ChORA KO‘RILADI ?

Konstitutsiyaning 44-moddasi xamda Mehnat kodeksining 5-moddasida majburiy mehnatning taqiqlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga ko‘ra, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravari (33 000 000 so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Majburiy mehnat tashabbuskori bo‘lgan o‘sha mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin yana shunday qilmishni takrorlasa, Jinoyat kodeksining 148 prim 2-moddasiga asosan, u jinoiy javobgarlikka tortiladi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev

 

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид