s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 397

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi qanday belgilanadi?

Kadastr agentligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Huquqlarni e’tirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

▪️ Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi ma’lumotlarni kiritadi;

▪️ 10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi ma’lumotlarni tizimga kiritadi;

▪️ tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, 
Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda e’lon qilinadi.

▪️ To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.

Tuproqqal’a tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sadikova Manzura

Мавзуга оид