s
2021 yil 15 dekabr kuni Urganch shahri, Tinchlik ko`chasi, 1-uy manzili bo`yicha joylashgan TBC Bankning mintaqaviy shou-rumining tantanali ochilishi bo`lib o`tdi. Bank va shahar uchun muhim bo‘lgan ushbu tadbirda shahar hokimligining birinchi o‘rinbosari Eschanov Jahongir, Markaziy Bankning birinchi o‘rinbosari Duschanov Akbar, “TBC Bank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sitora To‘laganova va boshqalar ishtirok etdi.
O`zining tabrik nutqida Sitora Tulyaganova quyidagilarni ta’kidlab o`tdi: “Biz hududlarda ochilgan markazlarda o`z ishtirokimizni kengaytirishni davom ettiramiz. Urganch aslida mamlakatimizning eng muhim shaharlaridan biri hisoblanib, Xorazm viloyatining ma’muriy markazi hamda eng yirik maskanidir. Biz foydalanuvchilarimizga yaqinroq bo`lishni istaymiz, ular bilan muloqotda bo`lib, ularning fikr-mulohazalarini eshitishni hamda zarur vaqtda jonli muloqot orqali maslahatlarimiz bilan yordam berishni xohlaymiz. Aynan mana shu bizning shou-rumlarimiz vazifasi hisoblanadi va umid qilamizki, Xorazm viloyati aholisining har biri ilova orqali va vositachisiz raqamli xizmatlarimizdan foydalangan holda ularning qulayliklarini afzalliklariga qarab baho berishadi.”
TBC Bankning shou-rumlari standart bank filiallaridan tubdan farq qiladi. Bu yerda bank xizmatlari ko`rsatilmaydi. TBC Bankning barcha xizmatlaridan onlayn foydalanish mumkin. Ushbu shaxobchalar TBC UZ ilovasida foydalanuvchilar ro`yxatdan o`tish va tasdiqlash jarayonidan o`tib, to`laqonli mijozga aylanish, shuningdek, bank kartasini olish borasida malakali mutaxassislardan maslahatlar olishiga mo`ljallangan.
Shinam va huzurbaxsh muhitga ega shou-rumlarda TBC xizmat va mahsulotlariga aloqador har qanday masalani hal qilishga shay turgan samimiy maslahatchilar tashrif buyurganlarga peshvoz chiqadilar. Shou-rumlar ilovaning qanday ishlashini sinab ko`rish imkonini beruvchi planshetlar bilan jihozlangan. Urganch shou-rum xodimlar shtati hosirgi kunda 15 tani tashkil etadi.
“Bizning shou-rumlarimiz — TBC brendi bilan yuzlashadigan maskan bo`lib, bu yerga odamlar yordam va maslahatlar olish uchun kelishlari mumkin. TBC – shunchaki onlayn ilova emas, balki insonlar uchun yaratilgan hamda oddiy, shu bilan birga innovatsion yechimlarni taqdim etuvchi brend ekanini foydalanuvchilarimiz his etishlarini istaymiz”, - deydi “TBC Bank” ATB boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili.
2021 yilning oxirigacha yurtimizning yirik shaharlarida yana 2 ta shou-rumlar ochilishi kutilmoqda: Qo`qon va Farg`onada.
Bugungi kunda O`zbekistonning barcha mintaqalarida TBC Bankning mijozlarni faollashtirish shaxobchalari (MFSh-shaxobchalar) ishlab turibdi. Bu shaxobchalar Toshkentdan tashqari Chirchiq, Angren, Keles, Olmaliq, Nazarbek, Samarqand, Farg`ona, Qo`qon, Marg`ilon, Buxoro, Andijon, Asaka, Jizzax, Zomin, Urganch, Qarshi, Termiz, Nukus shaharlarida o`z faoliyatini olib bormoqda.
Ma’lumot uchun:
30 yillik tarixga ega bo`lgan TBC Bank Gruziya va Kavkazortining eng yirik banki hisoblanadi. 2014 yildan buyon TBC Bank aksiyalarining savdosi Londonning Stock Exchange London birjasida yuritiladi. O`tgan yil davomida TBC Bank aksiyalarining London fond birjasidagi kotirovkasi 44,95% foizga o`sib, kompaniya aksiyalarining umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollaridan oshdi (784,14 mln funt sterling).
TBC Bank 2020 yilda mamlakatdagi birinchi raqamli bank sifatida O`zbekiston bozoriga kirib keldi. Hozirgi vaqtda TBC UZ ilovasi 1,3 milliondan ortiq marta yuklab olindi.
2021 yil sentabr oyining oxirida ikki institutsional investorlar, ya’ni YTTB va IFC har biri TBC UZ da 20 foiz aksiyaga ega bo`lish bo`yicha shartnoma imzoladilar. Investorlarning har biri amalga oshiradigan birinchi to`lovi 9,4 million AQSh dollarni tashkil etadi
Bank pul o`tkazmalari, kreditlar, muddatli to`lov, depozitlar, to`lovlarni amalga oshirish, bank kartalarini berish kabi xizmatlarni raqamli formatda ko`rsatib kelmoqda. Barcha xizmatlardan TBC UZ ilovasi orqali foydalanish mumkin.
TBC Bank mahsulotlari to`plamini yanada kengaytirish ustida ishlab kelmoqda va insonlar hayotini shu yerda va hozir osonlashtirishga bel bog`lagan.
Facebook: @tbcbankuz (https://www.facebook.com/tbcbankuz)
Instagram: @tbcbankuzbekistan (http://instagram.com/tbcbankuzbekistan)
Telegram: @tbc_bank_uzb (https://t.me/tbc_bank_uzb)
Sayt: tbcbank.uz (https://tbcbank.uz/ru/)
24/7 Baxt markazi telefon raqami (call-markaz): +998 78 777 27 27