s
Milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini taʼminlash maqsadida xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash uchun davlat tomonidan zarur iqtisodiy-huquqiy sharoitlarni shakllantirish muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yil 20-iyunda Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini hamda sharoitlarni taʼminlashi lozim...” deb taʼkidlagan edi.
Shu bois, yangilangan Konstitutsiyamizning 67-moddasida “Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi”, degan mazmundagi ilg‘or va barcha davlat organlari faoliyatiga baho berishning asosiy mezoniga aylanadigan norma mustahkamlandi.
Iqtisodiyotimizga mablag‘ kiritish istagida bo‘lgan har qanday investorni qiziqtiradigan birinchi masala – tadbirkorlik faoliyati bilan bemalol shug‘ullanishi va foyda olishi uchun yaratilgan sharoitlardir. Shu bois, barcha davlatlar o‘z hududida biznes bilan shug‘ullanish uchun jozibador va qulay muhitni taʼminlashga harakat qilishadi.
Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti – mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning taʼminlanganligi, mukammal va barqaror qonunchilik bazasi va sud-huquq tizimining mavjudligi, halol raqobat qilish imkoniyati yaratilganligi, ruxsat olish va hisobdorlikni cheklanganligi, adolatli soliq tizimining amal qilishi, eng muhimi daromadlarini erkin tasarruf etishni cheklanmaganligi hamda investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilganligi bilan belgilanadi.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi 10 baravar oshib, qariyb 40 milliard dollarni tashkil etganligi ham mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasidagi ishlarning amaliy ifodasidir.
Tuproqqal’a tuman Yuridik
xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li