s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 598

“Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy” hududida boj olinmaydigan yirik savdo komplekslari barpo etiladi

“Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-9-son, 12.01.2024 y.) qabul qilindi

 

Farmonga ko'ra quyidagilar barpo qilinadi:

 

turizm salohiyati yuqori bo'lgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo'lgan savdo-ko'ngilochar majmualaridan iborat bo'lgan turizm markazlari;

 

“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti va “Amirsoy” tog'-chang'i kurort zonasi hududida boj olinmaydigan (“duty free”) va yirik xalqaro brendlarning savdo do'konlaridan iborat bo'lgan yirik savdo komplekslari (“Luxury tourism village”).

 

2024-yildan xorijiy mamlakatlarda respublikaning turizm salohiyatini targ'ib qilish uchun Turizm vakillari biriktiriladi.

 

 2024-yil 1-oktabrgacha turizm markazlarining master rejalari ishlab chiqiladi.

 

✔Shuningdek,  2024-yildan:

 

➖ turizm namoyishi obyektlarini o'zaro bog'lovchi “turizm halqalari”ni tashkil qilish asosida sayohat muddatini oshirishni nazarda tutuvchi “O'zbekistonda yana bir kun sayohat” dasturi amalga oshiriladi.

 

➖ respublikadagi turizm namoyishi obyektlarini o'zaro bog'lovchi Turistik yo'nalishlar (marshrutlar)ning yagona reestri yuritiladi.

 

➖har ikki yilda bir marotaba may oyining uchinchi haftasida mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollari bo'lgan Xalqaro “O'zbekiston ipak matolari” moda haftaligi (“SILK UZBEKISTAN FASHION WEEK”) o'tkaziladi.

 

➖ milliy zargarlik mahsulotlari do'konlarida O'zbekistonda ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan o'lchovli quymalar hamda Markaziy bankning esdalik pul belgilarini sotish uchun vending avtomatlarini o'rnatishga ruxsat beriladi.

 

➖ “To'rt faslning har birida sayohat” turizm mavsumlarining ochilishini nazarda tutuvchi festivallar o'tkaziladi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид