s
 
                            O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 175-moddasida, mehnatga oid munosabatlar sababli ish beruvchiga taqdim etilgan, xodimning, shuningdek uning oila a’zolarining hayotidagi faktlar, voqealar va holatlar tо‘g‘risidagi axborot xodimning shaxsga doir ma’lumotlaridir.
Shaxsga doir ma’lumotlar jumlasiga xodim tо‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar kiradi:
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bо‘lsa);
ma’lumoti (qachon va qaysi ta’lim tashkilotlarini tugatganligi, diplomlari raqamlari, diplom bо‘yicha tayyorgarlik yо‘nalishi yoki mutaxassisligi, malakasi);
mehnat faoliyati boshlanganidan e’tiboran bajarilgan ishlari (harbiy xizmatni qо‘shib hisoblaganda);
doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bо‘yicha rо‘yxatdan о‘tgan manzili;
pasportiga oid ma’lumotlar (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi) va identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari;
shaxsiy telefon raqami, elektron pochta manzili;
harbiy majburiyatga daxldorligi, harbiy rо‘yxatga olish bо‘yicha ma’lumotlar (zaxirada bо‘lgan fuqarolar va harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bо‘lgan shaxslar uchun);
soliq tо‘lovchining identifikatsiya raqami;
shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ining raqami;
majburiy tibbiy kо‘rik natijalari;
xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari;
oilaviy ahvoli, yaqin qarindoshlarining familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanalari;
xodimning va (yoki) uning oila a’zolarining hayotidagi ish beruvchiga ma’lum bо‘lib qolgan faktlar, voqealar hamda holatlar haqidagi boshqa ma’lumotlar.
Xodimning shaxsga doir ma’lumotlari tо‘g‘risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga taalluqlidir.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov