s
USD: Rub: Eur:
2025-06-30 836

Vorislik huquqi qanday vujudga keladi?

Vorislik – shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo‘lgan mol-mulkning, shuningdek meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ba’zi huquq va majburiyatlarning merosxo‘rlarga o‘tishidir.

Vorislik asoslari

▪️ vasiyat bo‘yicha vorislik;

▪️ qonun bo‘yicha vorislik.

Qonun bo‘yicha vorislik vasiyat mavjud bo‘lmasa yoxud butun merosning taqdirini belgilamasa amalga oshiriladi.

Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibi

▪️ ashyolar, shu jumladan, pul va qimmati qog‘ozlar;

mulkiy huquqlar, intellektual mulk ob’ektlariga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqlar;

mulkiy majburiyatlar, shu jumladan qarzlar (merosxo‘rlarga qoldirilayotgan meros qiymati doirasida).

Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlar

yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo‘lmasa;

hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;

aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;

mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi;

▪️mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi.

Meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo‘rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti  Sadikova Manzura

Мавзуга оид