s
USD: Rub: Eur:
2023-09-19 383

O‘zbekiston Respublikasiing “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi

 

Qonun bilan raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.  Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplaens tushunchasi kiritildi.

Monopoliyaga qarshi komplaens faoliyatning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat.

Monopoliyaga qarshi komplaens majburiy tartibda:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;

tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda;

oxirgi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o‘rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarda;

oxirgi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o‘rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarda;

yuridik shaxslarning birlashmalarida joriy etiladi.

 

 

Shovot tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                                        R.Qurbonov

 

Мавзуга оид