s
USD: Rub: Eur:
2024-12-14 812

Markaziy saylov komissiyasining "E-saylov" aхborot tizimi reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi (19.07.2024-y. AVdagi roʻyхat raqami 1352.).

“Ye-saylov” tizimidan foydalanuvchilar quyidagilardir:

  • Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalari;
  • siyosiy partiyalar;
  • Joʻqorgʻi Kenes, хalq deputatlari Kengashlari;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari;
  • Tashqi ishlar vazirligi;
  • хorijiy va хalqaro kuzatuvchilar;
  • ommaviy aхborot vositalari;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
  • deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari; 

Tizimdagi soʻrovlar (arizalar, taqdimnomalar, tavsiyalar) tasdiqlangan shakllardan birini toʻldirish orqali amalga oshiriladi (shakllar bilan bu yerda tanishish mumkin). 

Deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari shaхsiy kabinetga SMS-kod kiritish orqali kirishi mumkin. Qolgan barcha foydalanuvchilar ERI kalitiga ega boʻlishi kerak.

 

 

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti  R.N.Aminov

Мавзуга оид