s
USD: Rub: Eur:
2024-06-07 288

Xorijiy davlat fuqarolari O'zbekiston Respublikasi hududidan ko'chmas mulk olishlari mumkinmi?

 2022-yil 1-maydan ro'yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga O'zbekistonda  yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi ko'chmas mulk obyektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi beriladi:

 Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko'chmas mulk obyektlarida qiymati 180 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlari;

 boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko'chmas mulk obyektlarida qiymati 85 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlari. 
Bunda, mazkur ko'chmas mulk obyektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O'zbekistonda doimiy ro'yxatdan o'tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo'lmaydi.

 Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 101-sonli farmoni

Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov

Мавзуга оид