s
“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish tо‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–196-son, 17.11.2023 y.) qabul qilindi
Farmonga kо‘ra, 2023 yil yil 1 dekabrdan:
byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga;
bazaviy hisoblash miqdori 3 foizga oshiriladi.
Shunga kо‘ra:
mehnatga haq tо‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 sо‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 sо‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming sо‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming sо‘m;
nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji tо‘liq bо‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 sо‘m;
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bо‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 sо‘m;
1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bо‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 527 000 sо‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 sо‘mdan) 800 000 sо‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 sо‘m;
zarur ish stajiga ega bо‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 sо‘m;
ish staji tо‘liq bо‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qо‘shimcha tо‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 sо‘m;
о‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bо‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bо‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – 608 000 sо‘m;
boquvchisini yо‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 608 000 sо‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 212 000 sо‘mdan qо‘shiladi.
Shuningdek, boquvchisini yо‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 608 000 sо‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tо‘lanadi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev