s
Tizim orqali ushlangan, to‘xtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar ro‘yxati yuritiladi hamda barcha turdagi jarimalarni to‘lash mumkin bo‘ladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Hukumat qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, 2024-yildan qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.
Ushlangan transportlarni to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish jarayoni “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Transportlarni to‘xtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning cheklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.
Shu bilan birga, “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
Mazkur axborot tizimi joriy yilning noyabrigacha ishlab chiqilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, 2023-yilning 1-dekabrigacha YHXXning yagona axborot tizimi ushlangan transportlarni saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida onlayn tanlab olish imkoniyatini yaratish maqsadida takomillashtiriladi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kirishi ta’kidlangan.
Mart oyida dronlardan yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlashda foydalanishni joriy etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi.
Unda yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’lumotlarni o‘zida markazlashgan holda jamlovchi ma’muriy amaliyot moduli ishlab chiqilishi belgilangan.
Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti O.Rajapov