s
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 1-apreldagi 21-son buyrug‘i bilan TASDIQLANGAN "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 36-bandiga asosan Chet elda ishlagan ish davri, agar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘lab kelingan bo‘lsa va davlatlararo bitimlarda boshqa imtiyozliroq holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ish stajiga hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda yollanib (bitim asosida) ishlagan ish davri Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar bo‘yicha, agar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lab kelingan bo‘lsa, ish stajiga hisoblanadi.
Hazorasp tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi