s
USD: Rub: Eur:
2024-06-26 289

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat xaridlari sohasidagi vakolatlari qanday ?

O‘zbekiston Respublikasining  Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat xaridlari sohasida davlat siyosati shakllanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat xaridlari sohasida budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan oqilona foydalanish, xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish va ularning qo‘llanilishini kengaytirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘radi;

davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek ular o‘tkazilishini tashkil etish tartibini belgilaydi;

xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish va tenderda ishtirok etish uchun elektron shaklda takliflar berish tartibini belgilaydi;

Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlaydi.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 

Мавзуга оид