s
USD: Rub: Eur:
2024-03-19 437

Eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun 54 ta tumanda o'quv-tajriba maydonlari tashkil etiladi

“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo'jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-115-son, 05.03.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra:

tumanlar eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi;

2024-yilda eksportbop va serdaromad ekinlar ekish va aholining mazkur sohada bilim va ko'nikmalarini oshirish uchun 54 ta tumanda namunaviy o'quv-tajriba maydonlari tashkil etiladi;

2024-yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yo'lga qo'yish bo'yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi;

ishlab chiqarishga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetishtirish bilan bog'liq loyihalarga, 100 million so'mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi;

qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish bundan mustasno, muzlatgichli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlash, quritish va qayta ishlash sexlari aholiga 12 oyga bo'lib to'lash sharti bilan lizingga beriladi;

o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati kiritiladi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид