s
USD: Rub: Eur:
2024-05-28 673

AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi

Unga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

2024-2025 yillarda yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o'zgarish grafigi;

2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste'molining “bazaviy me'yorlari”.

 2024-yil 1-maygacha yoqilg'i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymati qayta ko'rib chiqiladi.

 Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste'molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qo'shimcha xarajatlarni qoplash bo'yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

➖Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar.

Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

-noyabr oyida 270 ming so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam o'tkazib beriladi;

-elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha quyidagi miqdorlardagi iste'mol uchun bazaviy me'yor doirasidagi hamda bazaviy me'yordan oshgan narxlar o'rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

-tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

-elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

 

RASULBEK IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi

 

Мавзуга оид