s
USD: Rub: Eur:
2023-11-27 167

Tarixiy, maʼnaviy, madaniy va tabiiy merosning davlat muhofazasiga olinishiga oid qanday konstitutsiyaviy norma belgilandi?

O‘zbekiston – betakror tarixiy obidalar, madaniy meros obyektlariga boy o‘lka bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha 8 210 ta moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud.

Bundan tashqari, madaniy meros obyektlari O‘zbekiston turizm salohiyatining yetakchi yo‘nalishi bo‘lib, sayyohlarning aksariyati eng avvalo tarixiy obidalarimizni ko‘rish uchun tashrif buyuradi.

Mamlakatimizda 200 dan ortiq xalqaro sayyohlik yo‘nalishlarining 150 dan ortig‘i aynan tarixiy-madaniy meros obyekti bilan bog‘liqligi ham bejiz emas. Shu bois, ularni kelajak avlodlarga bezavol yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Amaldagi Konstitutsiyaning 49-moddasida madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir, degan norma belgilangan.

Madaniyat yodgorliklari deganda madaniy merosning bir qismi tushuniladi. Biroq, milliy qonunchiligimizda nafaqat madaniyat yodgorliklari, shu bilan birga, tarixiy, maʼnaviy, madaniy va tabiiy meros ham davlat tomonidan muhofaza qilinishi, ulardan oqilona foydalanilishi nazarda tutilmagan. Shu kabi talablar “Madaniy ifoda shakllarining xilma-xilligini himoya qilish va rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi, “Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konvensiyalarda mustahkamlangan.

Shu munosabat bilan yangilangan Konstitutsiyamizning 61-moddasida “Tarixiy, maʼnaviy, madaniy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, degan norma belgilandi.

Mazkur norma tarixiy, maʼnaviy, madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish hamda undan samarali foydalanish bo‘yicha davlatning konstitutsiyaviy majburiyatlarini kengaytirishga asos bo‘ladi.

 

Tuproqqal’a tuman Yuridik

xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                               Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li

Мавзуга оид