s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 274

Kimlar muddatli harbiy xizmatga borishlari shart emas

2002 yilda qabul qilingan 436-II-son qonunning 22-moddasiga asosan,

 

Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:

 

1) salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;

 

 2) agar o‘zlari harbiy xizmatga rozi bo‘lmasa, yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;

 

3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.

 

4) Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид