s
USD: Rub: Eur:
2024-06-07 546

Ish ko'pligi uchun xodimlardan yakshanba kuni ham ishlash talab qilinadimi?

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 201-moddasiga ko'ra dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.

 Ushbu kodeksning 207-moddasiga binoan xodimlarga har haftada dam olish kunlari beriladi. Besh kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi. Besh kunlik va olti kunlik ish haftasida umumiy dam olish kuni yakshanbadir.

Mazkur kodeksning 209-moddasiga ko'ra dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi.

 Mehnat kodeksining 263-moddasiga binoan dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun quyidagilarga kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi

210-moddasiga ko'ra dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari xodimning roziligisiz ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan quyidagi hollar mustasno:
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning, shuningdek yong‘inlarning, toshqinlarning, zilzilalarning, epidemiyalarning yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda bajariladigan ishlar amalga oshirilishi uchun;
 baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun;
 markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlar amalga oshirilishi uchun;
ish beruvchining mulkini nobud qilish yoki unga zarar yetkazishning oldini olish uchun.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 201-207-209-263-moddalari 

Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov

Мавзуга оид