s
USD: Rub: Eur:
2024-06-25 483

Bosqinchilik jinoyati sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik

O’zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasiga asosan. Shaxsning Bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 Bosqinchilik:

  1. a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib;
  2. b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
  3. v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, —sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Og’irlashtiruvchi holatlar ham mavjud.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид