s
USD: Rub: Eur:
2021-11-03 465

Yosh fermerlar va tadbirkorlarni 9 oy davomida BEPUL o'qitadigan dala maktabiga start berildi.

30-oktabr, soat 10:00 da viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida “Orolbo‘yida moyli ekinlarning qiymat zanjirida yosh fermer va tadbirkorlar malakasini oshirish dala maktabi” loyihasining boshlang'ich seminari bo‘lib o'tdi.

Loyiha Xorazm Agromaslahat Markazi tomonidan "Kiva Sesame" MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda kunjut ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish asoslari bo'yicha Fermer dala maktabi haqida ma’lumot berildi.

Loyihaning asosiy maqsadi :

Xorazm viloyati va Qoraqolpog’iston Respublikasida yosh va yangi ish boshlagan fermer va tadbirkorlarning moyli ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash bo’yicha malakasini oshirish.

Ishtirokchilar daladagi amaliy mashg’ulotlarda nimani o’rganishadi :

  • Moyli ekinlar bozori – ushbu bozorda qanday imkoniyatlar borligini anglash
  • Kunjut yetishtirish agrotehnikasi – eksport uchun to’g’ri yetishtirish
  • Urug’larga bo’lgan talablar va standartlar – Qaysi urug’ni tanlash kerak
  • Kunjutni yig’ish,quritish va saqlash amaliyoti - Yig’imdan keying amaliyot sifatga qanday ta’sir qiladi
  • Kunjutni qayta ishlash – Kunjutdan nima ishlab chiqarsa bo’ladi
  • Moyli ekinlardagi resurs tejamkorlik imkoniyatlari – Innovatsion tehnologiyalarni ishlatish haqida
  • Organik moyli ekinlarni yetishtirish istiqbolaari – Atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ishlab chiqarish
  • Biznesni rivojlantirish                                                                                                                                                                           

Dastur qanday amalga oshiriladi : 

Tanlab olingan ishtirokchilarga 9 oy davomida nazariy va amaliy jihatdan bilim va ko’nikmalar beriladi.

 

Мавзуга оид