s
USD: Rub: Eur:
2024-08-16 454

O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH MAQSADIDA UMUMTA’LIM MUASSASASI TOMONIDAN HAR YILI QANDAY MA’LUMOTLAR KIRITILGAN BO’LISHI KERAK

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo’shma qarori “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” 3271 30.06.2020-yildagi  nizomiga asosan o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan ismi, bazaviy tarif stavkalari to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan o‘qituvchining tarif stavkalari to‘g‘risida ma’lumotlar (bunda o‘qituvchining har bir fan uchun ma’lumoti va tegishli malaka toifasi berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi);

pedagogik kengash tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlangan dars soatlari;

daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;

informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;

o‘qituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;uyda yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borayotgan o‘qituvchilarga taqsimlangan dars soatlari va ular bo‘yicha o‘qituvchi xodimning tarif stavkalari;

o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan belgilangan har oylik ustamalar miqdorlari (foizi va miqdori ko‘rsatiladi);amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq belgilanadigan boshqa ustama va qo‘shimcha to‘lovlar.

Shovot tumani YXKM bosh

yuriskonsulti I.Raximberganov

 

Мавзуга оид