s
USD: Rub: Eur:
2024-06-25 116

Muayyan huquqdan mahrum qilish qanday jazo va qo‘lanishi qanaqa bo‘ladi ?

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 18-modda ko‘ra.Muayyan huquqdan mahrum qilish

Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi.

Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.

Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 

Мавзуга оид