s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 593

“Xalq nazorati” platformasi orqali xabarlar qanday yuboriladi?

Qonunchilikka ko‘ra, joylarda aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan "Xalq nazorati" platformasi ishga tushirilgan.

Xabarlar internet tarmog‘idagi xalqnazorati.uz, 1055.uz manzili, shuningdek, platformaning mobil ilovasi orqali yuborilishi mumkin.

Aholi tomonidan qurilish, uy-joy kommunal xizmat, suv, kanalizatsiya, isitish tizimi, elektr va boshqa muhandislik ta’minoti, transport va yo‘l, shuningdek, hudud infratuzilmasida mavjud muammolar yuzasidan platformaga yuborilgan xabarlar vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bunda, xabar beruvchilar:

shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari va telefon raqamini kiritgan holda platformada ro‘yxatdan o‘tadi;

platformada aniqlangan muammoga mos keluvchi xabar mavzulari tasniflagichini tanlab o‘z shaxsiy kabineti orqali muammoni tavsiflovchi ma’lumotlarni shakllantiradi;

muammoning manzili va geolokatsiyasini belgilagan holda xabarni yuboradi.

Xabarda ko‘rsatilgan muammoni qo‘rib chiqish uchun 10 kalendar kungacha muddat belgilanadi.

 

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti  Urazbayev Tursunboy

Мавзуга оид