s
USD: Rub: Eur:
2023-08-21 386

Yuridik shaxslarning faoliyatga kiritilgan o'zgartirishlar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Korporativ munosabatlarning xuquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g‘risida”gi PQ-415-sonli qaroriga muvofiq 2022-yil 1-dekabrdan boshlab tijorat tashkilotlari faoliyatiga oid quyidagi talablar bekor qilingan.

Birinchidan, quyidagi tashkilotlarga nisbatan ichki audit xizmatlarini tashkil etish ya'ni, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, bundan aktivlarining balans qiymati bazaviy xisoblash miqdorining yuz ming barobaridan ko'p bo'lgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan mas'uliyati cheklangan jamiyat, shuningdek, kredit tashkiloti mustasno, aktivlarining balans qiymati bazaviy xisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam bo'lgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari.

 Ikkinchidan, mas'uliyati cheklangan jamiyatning ta'sis shartnomasini davlat ro'yhatidan o'tkazish;

Uchunchidan, mas'uliyati cheklangan jamiyatning yuridik shahs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;

To'rtinchidan, mas'uliyati cheklangan jamiyatda zahira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining (ustav kapitalining) kamida 15 foizi etib belgilash bekor qilingan.

Shuningdek, 2023 yil 1 martdan boshlab unitar korxona yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yo'l qo'yilmasligi belgilangan.

Undan tashqari, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qimmatli qog‘ozlar emitentlari tomonidan axborot va xisobotlarni oshkor etish talabini takomillashtirish to'g‘risidagi taklifiga asosan  2023 yil 1 oktyabrdan boshlab qimmatli qog‘ozlar fond birjasining listingiga kiritilgan xo'jalik jamiyatlari qonunchilik xujjatlariga muvofiq oshkor etiladigan axborot va hisobotlar bilan bir qatorda pul mablag‘larining harakati hamda aksiyalar chiqarishning bir qismi bekor qilinganligi to'g‘risidagi ma'lumotlarni oshkor etishligi, qimmatli qog‘ozlar fond birjasining listingiga kiritilmagan xo'jalik jamiyatlari ro'yhati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan muxim faktlarni majburiy tartibda oshkor etmasligi, bundan tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi akciyadorlik jamiyatlari bundan mustasno ekanligi ko'rsatilgan.

Shu bilan birgalikda, 2023 yil 1 apreldan boshlab xo'jalik jamiyatlarining ishtirokchisi (aksiyadori) va kreditorlari huquqlarini ximoya qilish maqsadida mas'uliyati cheklangan jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo'shiladigan, qiymati bazaviy xisoblash miqdorining o'n ming baravaridan ko'p bo'lgan pulsiz xissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo'lishi mumkin emasligi, yuridik shahslar qo'shib yuborish, qo'shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o'zgartirish orqali qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari, topshirish xujjatida ko'rsatilgan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shahsga o'tgan xisoblanishi hamda xo'jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining aksiya, korporativ obligasiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo'yicha qarorlari qonunchilik xujjatlariga muvofiq muxim fakt sifatida oshkor qilinishi belgilangan.

Maqola muallifi:

Yangibozor tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlar markazi sho‘ba boshlig‘i  O‘.Yusupov

 

Мавзуга оид