s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 716

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Futzal bo'yicha Jahon chempionati yuqori darajada tashkil etiladi

“2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-195-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tarkibi;

2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi.

 Shuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo'ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

 Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro'yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.

 2024-yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o'yinlariga chiptalari mavjud bo'lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo'l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.

✅ Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslar hamda o'yin kunlari chiptalari mavjud bo'lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид