s
USD: Rub: Eur:
2024-06-28 377

Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug'urta qilish talabi bekor qilinadi

 Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7340) Ipotekani qo'llab-quvvatlash jamg'armasi (Jamg'arma) tashkil etiladi.

2024-yil 1-maydan quyidagi tartiblar o'rnatiladi:

birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug'urta xavflaridan sug'urta qilish talabi bekor qilinadi;

ko'p qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “C” va “CC” bo'lgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi.

Bunda, elektron reyting bahosi “C” bo'lgan tashkilotlarga 5 qavatdan yuqori bo'lmagan, “CC” bo'lgan tashkilotlarga – 9 qavatdan yuqori bo'lmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi;

2025-yil 1-yanvargacha belgilangan yangi qurilish va maxsus texnikalarning importida bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi;

“Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablag'larini to'ldirish uchun  byudjetdan 500 milliard so'm mablag' yo'naltiriladi.

qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar bo'yicha 24 oydan ortiq bo'lmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kafillik va kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид