s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 445

Pensiya yoshidagi 25 yillik ish stajga ega pedagoglarni majburlab attestatsiyaga borishni talab qilgan rahbarlarga qanday chora ko‘riladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori 6-bandiga ko‘ra pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugashidan qat’i nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha ularga haq to‘lanadi.

Bunda pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tib, malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

 Mana shu qoidaga ko‘ra pensiyadagi pedagog xodimlarni majburiy attestatsiyaga jalb qilish, ularni majburlash mumkin emas.

Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasi bilan (ya’ni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti      M.Qo’zibayev

Мавзуга оид