s
Pensiyani qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
➖pensioner pensiya miqdoriga ta'sir ko'rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo'lgan ish staji va ish haqi to'g'risidagi hamda boshqa) qo'shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
➖nogironlik guruhi o'zgarganda;
➖boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi oladigan oila a'zolari soni o'zgarganda;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o'zgargan taqdirda;
➖daromadlar indeksasiya qilingan taqdirda.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo'lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Xonqa tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev