s
USD: Rub: Eur:
2024-05-20 871

Bilasizmi

Nogironligi bo’lgan shaxslar mehnat masalasi bo'yicha murojaat qilganda ular qanday tartibda ishga qabul qilinadilar va taklif qilinayotgan ish ularning imkoniyatlariga mos bo'lishi kerakligi haqida qonuniy asos mavjudmi?

 O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga ko’ra, bandlikka ko’maklashish markazlari nogironligi bo’lgan shaxslarga ish o’rinlari tavsiya qilayotganda   murojaat etgan shaxsning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga va mehnat stajiga, yoshiga, sog‘lig‘ining holatiga muvofiq maqbul keladigan ishni taklif etishlari kerak (mavjud bo‘lgan taqdirda). Alohida hollarda, ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boshqa tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan tashkilotlarda, agar ushbu tashkilotlar transport qulayligi doirasida joylashgan bo‘lsa, amalga oshirilishi mumkin.

 Ish taklif qilinayotganda bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan maqbul ish taklif qilinishi lozim. Dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa birinchi marta ish qidirayotgan, kasbga (mutaxassislikka) ega bo‘lmagan shaxslarning yoshga doir va boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda haq to‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan ish ushbu shaxslar uchun maqbul keladigan ish hisoblanadi.
 
 Nogironligi bo’lgan shaxslar aholining ehtiyojmand toifalari hisoblangani bois ularni ishga joylashtirishda qo’simcha kafolatlar davlat tomonidan ta’minlanadi. Bu toifa shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad qilgan ish beruvchi yoki u vakolat bergan shaxs  qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.

 "Nogironlar huquqlari to’g’risida"gi xalqaro konvensiyada ularning boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish huquqi borligi belgilab qo’yilgan.Bundan tashqari, o’zimizning qonunchiligimizda ham  belgilanadigan ish o‘rinlari eng kam sonining jami 3%i nogironlar uchun ajratilishi kerak.Biroq ushbu imtiyozning aynan qaysi toifadagi nogironligi bor shaxslar uchun ekanligi alohida ko’rsatib o’tilmaganligi tufayli umumiy holda barcha guruhga mansub nogironlar sog’ligi va mehnat sharoitlari o’ziga mos bo’lgan ishda ishlash huquqiga ega.

Asos: "Nogironlar huquqlari to'g'risida" konvensiya, O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 423-425-moddalari, "Aholi bandligi to'g'risida"gi qonuni 25, 31, 33, 38 va 39-moddalari, Vazirlar Mahkamasining , "Nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida'' qarori
 
Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov

Мавзуга оид