s
 
                            O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lab berish tizimi yo'lga qo'yildi.
Yuqoridagi farmonda esa o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlar nazarda tutilgan.
Yaʼni, fan o‘qituvchisi o‘zi dars bermaydigan boshqa bir fan bo'yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda ham ularga ushbu ustamalar to‘lab berilmaydi
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti G’.Davlatboyev