s
USD: Rub: Eur:
2024-03-19 972

Samaradorlik ko'rsatkichlari “qoniqarsiz” bo'lganlarning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko'rib chiqiladi

Farmonga ko'ra, samaradorlik ko'rsatkichlarining bajarilishida rahbarlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish maqsadida:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o'rinbosarlarini rag'batlantirish to'lovlari miqdori ularning samaradorlik ko'rsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi;

chorak yakuni bo'yicha samaradorlik ko'rsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga rag'batlantirish to'lovlari kelgusi 3 oy uchun to'xtatiladi va ularga nisbatan intizomiy ta'sir choralarini qo'llash masalasi ko'rib chiqiladi;

Bundan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida samaradorlik ko'rsatkichlari asoslantirilgan sabablarga ko'ra bajarilmaganligi tasdiqlangan hollar mustasno

yil yakuni bo'yicha samaradorlik ko'rsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko'rib chiqiladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид