s
O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o'zboshimchalik bilan aralashishiga yo'l qo'ymaslikdan, oila a'zolari o'z huquqlarini to'sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta'minlashdan iboratdir.
Kodeksda belgilab qo'yilgan normalarga ko'ra, boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko'rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta'lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko'rishishiga, agar bunday ko'rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog'lig'iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak.Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to'g'risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmaganda aybdor ota-onaga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qo'llaniladi. Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi