s
USD: Rub: Eur:
2024-03-14 412

Xodimning umumiy ish staji qanday tartibda aniqlanadi?

Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi. (O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i, 08.05.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1136) https://lex.uz/docs/-357102
Umumiy ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘lmaganda ish davri guvohlar ko‘rsatmasi asosida belgilanadi.Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq yoki qisman saqlanmagan bo‘lsa, ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar ko‘rsatmalari asosida yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga hisoblanadi.

   Hazorasp tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi

Мавзуга оид