s
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–875-son, 01.11.2023-y.) bilan Turkiy investitsiya jamg'armasini ta'sis etish to'g'risidagi Bitim (Anqara, 2023-yil 16-mart) ratifikatsiya qilindi.
Qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining mablag'lari O'zbekistonning Turkiy investitsiya jamg'armasidagi ulushini Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan uning boshlang'ich kapitalidagi 2 000 ta aksiyaga obuna bo'lish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish manbai ekanligi belgilandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bitimning bajarilishi uchun mas'ul vakolatli organ etib, Markaziy bank Bitim bo'yicha depozitariy funksiyasini bajarishi belgilandi.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti G.Madaminova